Ushbu noodatiy yegulikni nafaqat bayramda, balki oddiy kunlarda ham tayyorlasa bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • oq shokolad — 150 g;
  • qaymoq — 120 ml;
  • tabiiy yogurt — 200 ml;
  • mandarin — 5-6 dona.

Tayyorlanish jarayoni

  • Bo‘laklarga bo‘lingan shokolad solingan idishga qaymoq quying.
  • Aralashmani olov ustidagi idish bug‘iga tutib, doimiy ravishda aralashtirib turing.
  • Xona harorati darajasida sovishini kuting, keyin esa yogurt qo‘shib aralashtiring.
  • Maxsus idishga bo‘laklangan mandarin soling.
  • Ustidan kremning bir qismini quying va yana mandarinlardan terib chiqing.
  • Ustidan takror krem quygandan keyin ustini mandarin bo‘laklari bilan bezang.
  • Tayyor shirinlikni 30-60 daqiqaga sovitkichga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz