Lifehacker nashri vitaminga boy, shuningdek, xushta’m taom retsepti bilan bo‘lishdi. Noodatiy retseptga ko‘ra qo‘shiladigan asal taomni yanada mazali qilishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • mol go‘shti — 400—450 gramm;
  • soya sousi — 1—2 osh qoshiq;
  • barbekyu sousi — 2—3 osh qoshiq;
  • asal — 1—2 osh qoshiq;
  • zanjabil — kichkina bo‘lak;
  • sarimsoq — 1 bo‘lak;
  • o‘simlik moyi — 1 osh qoshiq;
  • ko‘k piyoz, tuz va murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Mol go‘shti somoncha shaklida to‘g‘rab olinadi.
  2. Barbekyu, soya sousi va asal aralashtiriladi.
  3. Zanjabil hamda sarimsoq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  4. Yog‘ o‘rta olovda tovada qizdiriladi. Mol go‘shti solinib, 2-3 daqiqa davomida qovuriladi.
  5. Yaxshilab aralashtirilgach yana 2 daqiqa qovuriladi.
  6. Tabga ko‘ra tuz, murch, sarimsoq va zanjabil solib aralashtiriladi.
  7. Ustidan sous quyiladi va yana 5 daqiqa davomida qovuriladi.
  8. Dasturxonga tortishdan avval taom ko‘k piyoz bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz