Kunlar isishi bilan salqin ichimlik hamda yaxna taomlarga bo‘lgan talab ortadi. Lifehacker nashri yozning jazirama kunlari uchun ayni muddao bo‘lgan okroshka retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • kartoshka — 4-5 dona;
  • tuxum — 4 dona;
  • bodring — 3 dona;
  • rediska — 200 gramm;
  • kolbasa — 250 gramm;
  • suv — 1 litr;
  • smetana — 250 gramm;
  • shakar — 1 choy qoshiq;
  •  xantal — 1 osh qoshiq;
  • limon sharbati — 1 choy qoshiq;
  • tuz, ko‘k piyoz va ukrop.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Kartoshka 25 daqiqa, tuxum esa 10 daqiqa qaynatiladi. Sovitishga qo‘yiladi, so‘ngra tozalanadi.
  2. Kartoshka, tuxum, bodring, rediska va kolbasa mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Ko‘k piyoz hamda ukrop ham mayda to‘g‘raladi.
  3. Barcha masalliq idishga solinib, qaynatilgan sovuq suv quyiladi.
  4. Ustidan smetana, xantal, shakar va limon sharbati solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
  5. So‘ngra tayyor bo‘lgan taom 1,5 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz