Qo‘ziqorin va tovuqning birglikdagi noyob ta’midan bahramand bo‘ling.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • o‘simlik moyi – 3 osh qoshiq;
  • qo‘ziqorin – 200-250 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • sarimsoq – 1-2 dona;
  • rukola – 1 bog‘;
  • tovuq filesi – 4 dona;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovaga 2 osh qoshiq o‘simlik moyi quyilib, 5-7 daqiqa davomida to‘g‘ralgan qo‘ziqorin va piyoz qovuriladi.
  2. Ustidan maydalangan sarimsoq qo‘shiladi.
  3. To‘g’ralgan rukola tovaga solinadi va 1 daqiqadan so‘ng olov o‘chiriladi, tuz va ziravorlar sepiladi.
  4. Tovuq filesi yupqa kesilib, ustidan tayyorlangan qo‘ziqorinli aralashma solinadi. So‘ngra file rulet shaklida o‘raladi.
  5. Rulet yog‘langan idishda 180 daraja pechda 35 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz