Mazali taomni nafaqat tushlik, balki kechki ovqatda ham iste’mol qilsa bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq;
  • qo‘ziqorin (shampinyon) — 650-700 g;
  • sariyog‘ — 2 osh qoshiq;
  • sarimsoq piyoz — 2 dona;
  • non talqoni — 25 g;
  • tuz, murch;
  • parmezan — 50 g;
  • krem-pishloq — 120 g;
  • petrushka.

Tayyorlanish jarayoni

  • Shampinyonlarning ingichka tarafini olib tashlang.
  • Keng tarafi bilan yog‘ surtilgan patnisga terib chiqing.
  • Qo‘ziqorinning ingichka tarafini sariyog‘ solingan tovada qovurib oling.
  • Maydalangan sarimsoq qo‘shing.
  • Talqon qo‘shib aralashtiring.
  • Tuz va murch seping.
  • Aralashmaga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, krem-pishloq, maydalangan petrushka, tuz va murch qo‘shing.
  • Bir qoshiqdan qo‘ziqorinlarning ichiga solib, ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
  • Maydalangan petrushka bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz