Mazali sous qo‘shib pishadigan go‘shtni istalgan garnir bilan birga dasturxonga tortishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • asal — 2 osh qoshiq;
  • soya sousi — 4 osh qoshiq;
  • sarimsoq piyoz — 4 dona;
  • jigarrang shakar — 2 osh qoshiq;
  • achchiq sous — 1-2 osh qoshiq;
  • guruch sirkasi — 2 osh qoshiq;
  • tuz — ta’bga ko‘ra;
  • qo‘y go‘shti qovurg‘alari — 1 kg.

Tayyorlanish jarayoni

  • Asalga soya sousi, maydalangan sarimsoq, jigarrang shakar, achchiq sous, guruch sousi va tuz qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmani qovurg‘alarga surtib chiqing.
  • 180 daraja qizigan pechga 20-25 daqiqaga qo‘ying.
  • Qolgan sousni ustidan quyib yana 10 daqiqaga qo‘ying.
  • Dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz