Tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan ushbu taomlar oila a’zolarning barchasiga manzur kelishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Pergament qog‘ozda pishirilgan tovuq filesi

Pergament qog‘oziga o‘ralib pishiriladigan ushbu tovuq kechki taom uchun ayni muddao.

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi – 300 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • quritilgan ko‘katlar – 1/2 choy qoshiq;
  • koriandr – 1/2 choy qoshiq;
  • chili – 1/4 choy qoshiq;
  • paprika – 1/2 choy qoshiq;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi o‘ta qalin bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘linadi.
  2. Pergament qog‘oziga o‘simlik yog‘i surtiladi. Tuz va ziravorlarning barchasi aralashtiriladi va pergament qog‘ozga sepiladi.
  3. Tovuq bo‘laklari pergament qog‘ozga o‘raladi va bir qismi ochiq oladi.
  4. Quruq tovada filelar har tomoni 3 daqiqa davomida pishiriladi va olovni o‘chirib, 2 daqiqaga qoldiriladi.
  5. Tovuq filelarini ta’bga ko‘ra garnir bilan dasturonga tortish mumkin.

Tovuqli shaurma

Uy sharoitida o‘z qo‘lingiz bilan shaurma tayyorlab ko‘ring.

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • lavash xamiri – 90 gramm;
  • sarimsoq sousi – 50 gramm;
  • grilda pishirilgan tovuq go‘shti – 130 gramm;
  • tuzlangan bodring – 30 gramm;
  • pomidor – 20 gramm;
  • salat bargi– 8 gramm;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Lavash xamiriga sarimsoq sousi surtib chiqiladi va ustidan salat bargi teriladi.
  2. Salat bargi ustidan to‘g‘ralgan tuzlangan bodring va pomidor solinadi.
  3. So‘ngra tovuq go‘shti va yana bodring, pomidor terib chiqiladi va sarimsoq sousi quyiladi.
  4. Lavash xamiri rulet shaklida o‘raladi va 200 daraja qidirilgan pechning panjarasiga qo‘yib pishiriladi.
  5. Dasturxonga tortishdan avval ikki qismga bo‘linadi va ko‘katlar bilan bezatiladi.

 Forscha tovuq retsepti

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

Tovuq uchun:

  • butun tovuq
  • paprika – 2,5 choy qoshiq;
  • sarimsoq kukuni – 1,5 choy qoshiq;
  • koriandr – 0,5 choy qoshiq;
  • zira – 0,5 choy qoshiq.

Sous uchun:

  • ketchup – 1 osh qoshiq;
  • olma sirkasi – 1/4 qoshiq;
  • jigarrang shakar – 0,5 osh qoshiq;
  • chili – 1 choy qoshiq;
  • sarimsoq kukuni, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Kichik idishga barcha ziravorlar solib aralashtiriladi. Tovuq butunligicha yuviladi, ko‘krak va son qismi pichoq bilan biroz kesib qo‘yiladi. Ziravorlar aralashmasi tovuqqa sepiladi.
  2. Elektr qozonga tovuqni solib, qopqog‘i yopiladi va eng past rejimga qo‘yiladi.
  3. Tovuq 6-7 soat davomida pishiriladi.
  4. Sous uchun ajratilgan masalliqlarning barchasi aralashtiriladi va mikroto‘lqinli pechga 4 daqiqaga qo‘yiladi.
  5. Sous tovuq ustidan quyiladi va yana 10-15 daqiqaga dimlanadi.

Xamiri qat-qat tovuqli pirog

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi – 600 gramm;
  • ismaloq – 200 gramm;
  • sarimsoq – 1 dona;
  • zaytun moyi – 1-2 osh qoshiq;
  • rikotta pishlog‘i – 200 gramm;
  • feta pishlog‘i – 150 gramm;
  • quritilgan pomidor – 45 gramm;
  • limon sharbati – 2 osh qoshiq;
  • qatlamali xamir – 10 dona;
  • eritilgan sariyog‘ – 50 gramm;
  • limon qobig‘i.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq mayda to‘g‘ralib, zaytun moyi bilan tovada qovuriladi. Ustidan to‘g‘ralgan sarimsoq va ismaloq qo‘shiladi va sovitishga qo‘yiladi.
  2. Idishga rikotta, feta pishlog‘lari, limon qobig‘i va sharbati aralashtiriladi.
  3. Nachinka qovurilgan go‘shtga qo‘shiladi.
  4. Xamirga sariyog‘ suriladi va ustma-ust qo‘yiladi.
  5. So‘ngra qolip ustiga chet qismlari chiqarilgan holda qo‘yiladi va ichiga nachinka solinadi.
  6. Xamirning cheti birlashtirib chiqiladi.
  7. Pechga 180 darajaga 50-60 daqiqaga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz