Iftorlikka qanday taom tayyorlashni o‘ylayotgan bekajonlar uchun mazali hamda foydali sho‘rva retsepti.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- qiyma — 400 gramm;
 - piyoz — 1 dona;
 - manniy yormasi — 1-2 choy qoshiq;
 - sabzi — 1 dona;
 - o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
 - vermishel — 70 gramm;
 - suv — 2 litr;
 - tuz va ziravorlar.
 
Tayyorlanish jarayoni:
- Qiyma bitta to‘g‘ralgan piyoz, manniy yormasi, tuz va qalampir bilan aralashtiriladi.
 - Massa yaxshilab aralashtiriladi va frikadelkalar yasaladi.
 - Kartoshka o‘rtacha to‘g‘raladi, sabzi esa qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
 - Suvga tuz solib, qaynatib olinadi. Suvga frikadelkalar solinib, yana qaynatishga qo‘yiladi.
 - Ikkinchi piyoz to‘g‘ralib, 4-5 daqiqa davomida qovurib olinadi.
 - Kartoshka, sabzi bulyonga solinib, o‘rtacha olovda 15-20 daqiqa davomida pishiriladi. So‘ngra piyoz bilan vermishel qo‘shiladi 5 daqiqa davomida qaynatiladi.
 - Olov o‘chiriladi va 10 daqiqaga taom usti yopiladi.
 
Yoqimli ishtaha!
