Mol go‘shti smetana va pomidor sousida yumshoq hamda juda mazali bo‘lib pishib chiqadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • mol go‘shti — 800-900 gramm;
  • piyoz — 2 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • un — 1/2 osh qoshiq;
  • smetana — 150 gramm;
  • suv — 250 ml;
  • pomidor sousi — 1 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Go‘sht uzunchoq yoki oddiy to‘rtburchak, piyoz esa yarim doira shaklida to‘g‘raladi.
  2. Mikrovolnovkaga yog‘ quyilib, “qovurish” rejimi tanlanadi.
  3. Piyoz 4-5 daqiqa davomida qovuriladi.
  4. Piyoz ustidan un sepilib, yana biroz pishiriladi.
  5. Ustidan taom uchun tayyorlangan barcha mahsulotlar solinadi.
  6. Yaxshilab aralashtirib, 1 soatga “dimlash”ga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz