Iftorlikka qanday taom tayyorlashni o‘ylayotgan bekajonlar uchun mazali hamda foydali sho‘rva retsepti.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qiyma — 400 gramm;
  • piyoz — 1 dona;
  • manniy yormasi — 1-2 choy qoshiq;
  • sabzi — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • vermishel — 70 gramm;
  • suv — 2 litr;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qiyma bitta to‘g‘ralgan piyoz, manniy yormasi, tuz va qalampir bilan aralashtiriladi.
  2. Massa yaxshilab aralashtiriladi va frikadelkalar yasaladi.
  3. Kartoshka o‘rtacha to‘g‘raladi, sabzi esa qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  4. Suvga tuz solib, qaynatib olinadi. Suvga frikadelkalar solinib, yana qaynatishga qo‘yiladi.
  5. Ikkinchi piyoz to‘g‘ralib, 4-5 daqiqa davomida qovurib olinadi.
  6. Kartoshka, sabzi bulyonga solinib, o‘rtacha olovda 15-20 daqiqa davomida pishiriladi. So‘ngra piyoz bilan vermishel qo‘shiladi 5 daqiqa davomida qaynatiladi.
  7. Olov o‘chiriladi va 10 daqiqaga taom usti yopiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz