Mol go‘shti smetana va pomidor sousida yumshoq hamda juda mazali bo‘lib pishib chiqadi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- mol go‘shti — 800-900 gramm;
 - piyoz — 2 dona;
 - o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
 - un — 1/2 osh qoshiq;
 - smetana — 150 gramm;
 - suv — 250 ml;
 - pomidor sousi — 1 osh qoshiq;
 - tuz va ziravorlar.
 
Tayyorlanish jarayoni:
- Go‘sht uzunchoq yoki oddiy to‘rtburchak, piyoz esa yarim doira shaklida to‘g‘raladi.
 - Mikrovolnovkaga yog‘ quyilib, “qovurish” rejimi tanlanadi.
 - Piyoz 4-5 daqiqa davomida qovuriladi.
 - Piyoz ustidan un sepilib, yana biroz pishiriladi.
 - Ustidan taom uchun tayyorlangan barcha mahsulotlar solinadi.
 - Yaxshilab aralashtirib, 1 soatga “dimlash”ga qo‘yiladi.
 
Yoqimli ishtaha!
