Lifehacker taqdim etgan navbatdagi retsept bo‘yicha mazali taom tayyorlash juda oson, shuningdek, u vitaminlarga ham boy.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • kartoshka — 2-3 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • tovuq oyoqlari — 2-4 dona;
  • yashil no‘xat — 100 gramm;
  • suv — 300 ml;
  • pomidor sousi — 2-3 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Kartoshka, sabzi va bulg‘ori o‘rtacha, piyoz esa mayda to‘g‘raladi.
  2. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi va tovuq oyoqlari qizarguncha qovuriladi.
  3. Ustidan piyoz qo‘shib, 3-4 daqiqa qovuriladi.
  4. So‘ngra kartoshka, sabzi, no‘xat va bulg‘ori qo‘shilib, suv quyiladi. Pomidor sousi qo‘shilib, aralashtiriladi.
  5. Qaynab chiqqach, idish qopqog‘i yopilib, 35-40 daqiqa davomida past olovda pishiriladi.
  6. Tayyor bo‘lishidan 5-10 daqiqa oldin tuz va ziravorlar qo‘shiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz