Ushbu kunjutli yegulik pishloq, asal va sabzavotli gazaklar bilan ajoyib uyg‘unlikni hosil qiladi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- shakar – 1 choy qoshiq;
- xamirturush – 1/2 choy qoshiq;
- suv – 120 ml;
- un – 200 gramm;
- o‘simlik moyi – 2 osh qoshiq;
- jigarrang shakar – 100 gramm;
- kunjut – 75 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
- Suvga xamirturush va shakar solib, aralashtiriladi. Aralashma iliq joyda 5-10 daqiqaga qoldiriladi.
- Un elakdan o‘tkazilib, tuz bilan aralashtiriladi. Ustidan yog‘ va xamiturushli aralashma qo‘shiladi.
- Yumshoq xamir qoriladi va 60-90 daqiqaga tindirish uchun qoldiriladi.
- Jigarrang shakar 3 osh qoshiq suv bilan aralashtiriladi. So‘ngra past olovda quyuqlashguncha qaynatib olinadi.
- Sirop tayyor bo‘lgach sovutishga qo‘yiladi va 3-4 osh qoshiq uv bilan aralashtiriladi.
- Kunjut quruq tovada 2-3 daqiqa davomida qovurib olinadi.
- Xamir 4-6 bo‘lakka bo‘linadi. Har bir bo‘lak 50-60 santimetr uzun shaklda yoyiladi.
- Har bir yoyilgan xamir ikkiga bo‘linadi va aylana shakliga keltirish uchun ikki uchi birlashtiriladi.
- Har bir simit siropga botirib olinib, kunjut sepiladi.
- 200 daraja pechda usti qizargunga qadar 15-17 daqiqa davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!