Tomat sousi mazali tovuq oyoqchalari uchun eng ajoyib qo‘shimcha hisoblanadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq oyoqlari – 1 kilogramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • quritilgan non – 200 gramm;
  • un – 100 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 1 litr;
  • tovuq uchun ziravolar, tuz, murch va quritilgan sarimsoq kukuni.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq oyoqlariga barcha ziravorlar sepiladi va 20-30 daqiqaga qoldiriladi.
  2. Tuxumlar bir chimdim tuz bilan aralashtiriladi. Un va quritilgan non alohida idishga solinadi.
  3. Har bir tovuq bo‘laklari avval un, keyin tuxum va quritilgan nonga botirib olinadi.
  4. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Tovuq oyoqchalari taxminan 15 daqiqa davomida har tomoni qizarguncha pishiriladi.
  5. Tovuq oyog‘larida ortiqcha yog‘dan xalos bo‘lish uchun ular qog‘oz salfetka ustiga terib chiqiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz