Xamiri yumshoq ushbu pirog shirinlikni yaxshi ko‘radiganlar uchun ma’qul kelishi aniq.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tvorog – 200 gramm;
  • un – 140 gramm;
  • qabartma – 1 choy qoshiq;
  • olma – 3-4 dona;
  • tuxum – 3 dona;
  • shakar – 250 gramm;
  • tuz – 1/4 choy qoshiq;
  • smetana – 3 osh qoshiq;
  • dolchin, vanil.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech oldindan 180 darajada qizdiriladi.
  2. Tvorog qabartma bilan aralashtiriladi. Olma tozalanib, ingichka bo‘laklarga bo‘linadi.
  3. Tuxum, shakar, tuz va vanil mikser bilan yengil aralashtiriladi.
  4. Ustidan smetana va un qo‘shiladi. Yaxshilab aralashtirilgan xamir qolipga solinadi.
  5. Ustidan olmalar bir tekisda joylashtiriladi va dolchin sepiladi.
  6. Pechda 40-50 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz