Tovuq go‘shti, qo‘ziqorin, piyoz hamda eritilgan pishloq – tushlik uchun ajoyib tanlov.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qo‘ziqorin – 250-300 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • smetana – 3-4 osh qoshiq;
  • tovuq filesi – 3 dona;
  • pishloq – 150-200 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qo‘ziqorin va piyoz mayda to‘g‘raladi.
  2. Tovaga o‘simlik yog‘i quyilib, dastlab qo‘ziqorin qovuriladi.
  3. Ustidan piyoz solinib, 3-4 daqiqa davomida pishiriladi.
  4. Tuz va ziravorlar qo‘shilgach, smetana solinadi va sovutishga qo‘yiladi.
  5. Tovuq filesi uzunligi bo‘ylab kesiladi, tuz va ziravorlar sepilib, yaxshilab uriladi.
  6. Idishga dastlab filelar, ustidan qo‘ziqorinli aralashma solinadi. Ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.
  7. Taom 180 daraja pechda taxminan 25-30 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz