So‘nggi yillarda tana vazni yuqori bo‘lgan bolalar soni to‘rt martaga ko‘paygan, buning sababi kunlik ovqatlanish tarkibidagi kaloriya miqdori organizm ehtiyojidan oshib ketganligidan, ya’ni ortiqcha ovqatlanishdan.

 — Manba: «Daryo» nashri.

O‘smirlardagi semizlikning boshqa sabablari ham mavjud: harakatsiz turmush tarzi, kun tartibining yo‘qligi, surunkali uyqusizlik, psixologik bezovtalik, endokrin tizim kasalliklari va metobolik kasalliklar. Shuni ta’kidlash kerakki, endokrin tizim kasalliklari juda kam uchraydi. Ammo semirish sabablarini aniqlashda birinchi navbatda shundan boshlash kerak. Gipoterioz, qandsiz diabet, epilepsiya, miya o‘simtasi va boshqa organizm metobolizmini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni istisno qilish kerak. Muammo ovqatlanish madaniyati va harakat yetishmasligi bilan bog‘liqligiga amin bo‘lsangiz, uni bartaraf etishga kirishishingiz mumkin.

Фотографии на тему «Детское ожирение» — скачивайте бесплатные изображения  высокого качества | Freepik

Psixolog nima deydi?

O‘spirinlar, ayniqsa, qizlar bu masalada qilingan izohni, tanqidni diliga yaqin oladi, tez ranjib qoladi, ruhiy noqulaylikni, stress holatini kuchaytiradi va oiladagi muhitni yomonlashtiradi. Ota-onalar va shifokorlar qizlar bilan bu masalada juda ehtyotkorlik bilan yondashishlari kerak. O‘rta maktab o‘quvchilari bizning bosimimizsiz ham o‘zlarini juda tanqid qilishadi. Muammoni hal qilishda faqat foydali maslahatlarning o‘zi kamlik qiladi, siz o‘spirinning ishonchini qozonishingiz, yaxshi so‘z bilan qo‘llab-quvvatlashingiz kerak.

​Tanada vaznning ortiqcha bo‘lishi organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar. Ortiqcha vazn oqibatida tez-tez bosh og‘riydi, qon bosimi ko‘tarilishi mumkin, kuchli terlash, tez charchash, jismoniy mashqlarda nafas yetishmasligi, tushkun kayfiyat, o‘zining tanasiga va shaxsiga nisbatan ruhiy salbiy munosabat shakllanadi.

Стало известно количество страдающих от ожирения детей в мире | РБК Life

Nima qilish kerak?

O‘spirin parhezini, turmush tarzini nazorat qilish natija bermaydi. Butun oilaning ovqatlanish odatlarini, turmush tarzini o‘zgartirish kerak. Ortiqcha yog‘ — ko‘p ovqatlanishning natijasidir. Parhez zarur, ammo monoparhez zararli, keskin ovqatdan cheklash organizmni ruhiy va jismoniy stressga tushiradi. Bunday diyeta tez ozdiradi, lekin qisqa muddatga va asoratlar ham keltirib chiqaradi.

  • stress holatida kartizol ko‘payadi, bu metobolik jarayonlarga salbiy ta’sir qiladi;
  • jismoniy va aqliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar yetishmasligini keltirib chiqaradi;
  • diqqatni jamlash faoliyatini pasaytiradi, bu esa maktabda fanlarni o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
  • organizmda endokrin tizimda patologiyani rivojlantirishi mumkin;
  • terini, sochlarni, tirnoqlarning holatini yomonlashtiradi;
  • organizmni stressga tushirmaslik va asta-sekin moslashish uchun o‘spirinlarda vazn haftasiga 1-1,5 kilogrammga yo‘qotish eng maqbuli hisoblanadi.
Ученые выяснили, почему подростки внезапно толстеют - Российская газета

Taqiqlangan oziq-ovqatlar:

  • xamir va yog‘ga asoslangan qandolat mahsulotlari: pishiriqlar, tort mahsulotlari;
  • har turdagi sneklar (chipslar, “suxariklar”, pista va boshqalar);
  • yarimtayyor mahsulotlar: kolbasa, sosiska;
  • yuqori yog‘li, kraxmalli souslar: mayonez, ketchup;
  • shokolad, konfet mahsulotlari;
  • tez tayyorlanadigan ovqatlar;
  • tarkibida uglevodlar miqdori ko‘p bo‘lgan gazli ichimliklar.

Foydali oziq-ovqatlar:

  • yog‘siz go‘sht — mol go‘shti, tovuq, barra qo‘y go‘shti;
  • baliq va dengiz mahsulotlari;
  • grechka, yasmiq, guruch;
  • sabzavotlar, rezavorlar, mevalar, quritilgan mevalar, yangi siqilgan sharbatlar.
Ожирение у детей - методы лечения и профилактика

Agar “qora” ro‘yxatda bolangiz yaxshi ko‘radigan oziq-ovqatlar ko‘p bo‘lsa, parhezni asta-sekin o‘zgartiring. Ovqatlanish odatlarini keskin va majburan o‘zgartirish kerak emas, bu vaqt talab qiladi.

Jismoniy mashqlar, sport mashqlari, raqs o‘spirin o‘g‘il-qizlar uchun juda zarur, chunki nafaqat kuch sarflanadi, balki o‘z-o‘zini anglashga, hurmat qilishga, tengqurlari bilan muloqatda uyatchanlikdan qutulishga yordam beradi, irodasini oshiradi.

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz