Sevib iste’mol qilinadigan ushbu sharqona shirinlik an’anaviy retseptdan ko‘ra tezroq tayyorlanadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • yong‘oq – 350 gramm;
  • shakar upasi – 50 gramm;
  • dolchin – 1 soh qoshiq;
  •  sariyog‘ – 150 gramm;
  •  qat-qat xamir – 1 kilogramm;
  • tuxum – 1 dona;
  •  asal – 250 gramm;
  •  suv – 100 ml;
  •  shakar – 100 garmm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech 180 darajada oldindan qizdiriladi. Qolipga pergament qog‘oz joylashtiriladi.
  2. Yong‘oq, shakar upasi va dolchin blender yordamida aralashtiriladi. Sariyog‘ eritiladi.
  3. Xamir 6-8 bo‘lakka bo‘linadi. Bo‘laklardan ikkitasi qolganlaridan kattaroq bo‘lishi kerak.
  4. Xamirning bitta katta bo‘lagi qolipga joylashtiriladi, ustidan eritilgan sariyog‘ surtiladi. So‘ngra yong‘oq bir qatlam qilib sepiladi.
  5. Ustidan kichik xamir qatlam qilib teriladi va har birining ustiga sariyog‘ surtib, yong‘oq sepiladi.
  6. Eng tepasida xamirning ikkinchi katta bo‘lagi yopiladi va chetidan ortiqcha xamir kesib olinadi.
  7. Tuxum ko‘piritilib, xamir yuzasiga surtiladi. Pichoq yordamida romb shakli beriladi.
  8. Paxlava qizargunga qadar 40-50 daqiqa davomida pishiriladi.
  9. Asal, suv va shakar aralashtiriladi. Qaynatishga qo‘yiladi va quyuqlashgach olovdan olinadi.
  10. Paxlava pechdan olinib, asalli aralashma surtiladi va yong‘oq bilan bezak beriladi.
  11. So‘ngra yana pechga 3-5 daqiqaga qo‘yiladi.
  12. Issiq pahlava xuddi suratdagidek shaklda bo‘linadi va ustidan qolgan sirop quyiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz