Dimlangani hisobiga yumshoq bo‘lib pishadigan go‘shtning ta’mi sarimsoq va tomat pastasi bilan yanada mazali bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sarimsoq — 1 dona;
  • mol go‘shti — 900 g;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • tuz, murch;
  • tomat pastasi — 1 osh qoshiq;
  • quritilgan rayhon — 1 osh qoshiq;
  • lavr yaprog‘i — 1 dona;
  • bulyon — 600 ml;
  • qizil vino — 500 g;
  • qovoq — 500 g.

Tayyorlanish jarayoni

  • Piyoz va sarimsoqni maydalang.
  • Mol go‘shtini 2 sm qalinlikda kesing.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada piyozni qovurib oling.
  • Sarimsoq qo‘shib qovurishda davom eting.
  • Sabzavotlarga go‘shtni qo‘shib aralashtiring.
  • Murch va tuz seping.
  • Tomat pastasi qo‘shib aralashtiring.
  • Quritilgan rayhon, lavr yaprog‘i, vino va bulyon qo‘shing.
  • Qopqog‘ini yopib, ustini dimlang.
  • Qovoqni ham go‘sht kattaligida to‘g‘rang.
  • Go‘shtli aralashmaga qo‘shing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz