Nonushta yoki yengil tamaddi uchun ayni muddao bo‘lgan shirinlik retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • olma — 1 dona;
  • xurmo — 2 dona;
  • limon — 1 dona;
  • yong‘oq — 60 g;
  • mayiz — 50 g;
  • un — 1 osh qoshiq;
  • shakar — 1 osh qoshiq;
  • maydalangan dolchin — 1 osh qoshiq;
  • xamirturushsiz xamir;
  • tuxum — 1 dona;
  • suv — 1 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni

  • olma va xurmoni mayda “kubik” shaklida to‘g‘rang;
  • limon po‘chog‘ini qirg‘ichdan chiqaring;
  • mevalarga limon po‘sti, yong‘oq va mayiz qo‘shib aralashtiring;
  • un, shakar va maydalangan dolchin qo‘shib aralashtiring;
  • yupqa qilib yoyilgan xamir ustiga ichiga mevali “nachinka”ni soling;
  • xamirni rulet shaklida o‘rang;
  • ustiga chaqilgan tuxum surting;
  • 190 daraja qizigan pechda 35-45 daqiqa davomida pishirib oling;
  • ustini maydalangan yeryong‘oq yoki shakar kukuni bilan bezasangiz bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz