Mazkur shirinlik Avstraliya va Buyuk Britaniyada mashhur bo‘lib, shirinlikni xush ko‘ruvchilar uchun ajoyib tanlov hisoblanadi. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • sariyog‘ – 100 gramm;
  • shakar upasi – 50 gramm;
  • un – 140 gramm.

Karamel uchun:

  • quyultirilgan sut – 375 ml;
  • jigarrang shakar – 100 gramm;
  • sariyog‘ – 90 gramm;
  • tuz – 1/2 choy qoshiq.

Ganash uchun:

  • qora shokolad – 210 gramm;
  • qaymoq – 70 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech 190 darajada qizdiriladi. To‘rtburchak qolipga pergament qog‘oz solinadi.
  2. Sariyog‘ shakar upasi bilan mikser qilinadi. Ustidan un solib, xamir qoriladi.
  3. Tayyor bo‘lgach, qolipga solinadi va jigarrang tusga kirguncha 25 daqiqa pishiriladi.
  4. Alohida idishga quyultirilgan sut, shakar va sariyog‘ solinadi. Karamel hosil bo‘lguncha 5-7 daqiqa davomida past olovda aralashtiriladi.
  5. Tuz solib, qolip ichidagi xamir ustiga quyiladi va 20 daqiqaga pechga qo‘yiladi.
  6. Yana bir idishga shokolad maydalab solinadi, qaymoq qaynatib olinadi va ustidan shokolad bo‘laklari solinadi. Silliq massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.
  7. Tayyor bo‘lgan ganash karamelli xamir ustidan quyiladi va 1-2 soatga muzlatkichda qoldiriladi.
  8. So‘ngra to‘rtburchak shaklda kesilib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz