Baqlajon, pomidor va motsarella pishlog‘ining kombinatsiyasi ajoyib ta’mni hosil qiladi. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • baqlajon – 1 dona;
  • pomidor – 2-3 dona;
  • motsarella – 250 gramm;
  • zaytun moyi – 2 osh qoshiq;
  • rayhon, balzam sirkasi, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Baqlajon, pomidor va motsarella parrak shaklida to‘g‘raladi.
  2. Baqlajonga tuz va ziravorlar sepib, zaytun moyi surtiladi.
  3. So‘ngra qizdirilgan tovada 2-3 daqiqa davomida qovurib olinadi.
  4. Baqlajon, pomidor va pishloq aylana shakldagi idishga ketma-ketlik bilan terib chiqiladi.
  5. Yuzasida rayhon yaproqlari va balzam sirkasi quyiladi. Ta’bga ko‘ra pesto sousini ham qo‘shish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz