Mazali shirinlik bilan dasturxoningizni bezang.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sariyog‘ — 50 g;
  • shakar — 55 g;
  • olma — 2 dona;
  • maydalangan dolchin — 1 choy qoshiq;
  • tuxum — 1 dona;
  • suv — 2 osh qoshiq;
  • oshirilmagan xamir — 250 g;
  • shakar kukuni.

Tayyorlanish jarayoni

  • Keks pishirishga mo‘ljallangan qolipga sariyog‘ surtib, ikki qoshiq shakar soling.
  • Olmani yupqa bo‘laklarga bo‘lib chiqing.
  • Tarelkaga solib 30-45 daqiqa mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
  • Olma solingan tarelka ustini qandolat plyonkasi bilan yoping.
  • 50 gramm shakarga maydalangan dolchin qo‘shing.
  • Sariyog‘ni eriting.
  • Tuxumni sanchqi bilan yaxshilab aralashtiring.
  • Qat-qat xamirni 7-10 santimetr tasma shaklida kesib chiqing.
  • Xamirning bittasini gorizontal qo‘yib, sariyog‘ surting, shakarli dolchin seping.
  • Xamirni pichoq bilan tilib chiqing va ichiga yarim dumaloq shaklidagi olmalarni qo‘yib. Tasmani rulet shaklida o‘rang
  • Ustidan tuxum surting, shakar va dolchin seping.
  • Shu tariqa davom eting.
  • 200 daraja qizigan pechga 30-45 daqiqaga qo‘ying.
  • Ustini shakar kukuni bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz