Qora darchalar o‘zining ulkan gravitatsiyasi hamda yulduzlar, sayyoralar va boshqa obektlarni yamlamay yutish qobiliyati bilan mashhur. Ammo qora darcha butun Koinotni yutib yuborishi mumkinmi? Spoyler: yo‘q.
Manba: «Mail.ru Hi-Tech».

Hi-Tech Mail Muallifi
Qora darchani ko‘pincha hamma fazoni o‘ziga tortib oladigan changyutgich kabi tasavvur qilishadi. Ammo bu unday emas.
Obekt qora darcha ichiga tushishi uchun u uning «voqealar gorizonti» deb ataladigan chetiga juda yaqin joylashgan bo‘lishi kerak, deb tushuntiradi Livescience. Ushbu gorizont ortidan hech narsa ortga qaytib chiqa olmaydi.
Faraz qilaylik, massasi Quyosh massasiga teng bo‘lgan qora darcha mavjud. Uning voqealar gorizonti bor-yo‘g‘i uch kilometrga cho‘ziladi. Massasi Yer kabi bo‘lgan qora darcha uchun esa voqealar gorizonti bundan ham kichikroq — bor-yo‘g‘i bir necha santimetr, xuddi bosh barmog‘ining uzunligidek bo‘ladi.

Qora darchalar ko‘pincha kichik o‘lchamlarga ega bo‘ladi. Qora darcha yulduzni «yutib yuborishi» uchun kosmik tana deyarli to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga qarab yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Yulduzning orbitasi qora darcha bilan mos kelguncha juda ko‘p vaqt o‘tadi. Bu nima uchun bunday hodisalar kamdan-kam ro‘y berishini tushuntiradi.
Olimlarga ma’lum bo‘lgan eng katta qora darcha — TON 618 bo‘lib, uning massasi Quyoshnikidan 40 milliard marta ko‘proqdir. U qora darchalar erishishi mumkin bo‘lgan o‘lchamning nazariy chegarasiga yaqin. Gap shundaki, yirik qora darchalar materiyani yutganda, ular juda ulkan miqdorda radiatsiya chiqaradi. Ushbu radiatsiya nurlanishi atrofdagi moddani qizdiradi va ionlashtiradi, bu esa gaz va changning sovishini qiyinlashtiradi hamda ularning qora darchaga tushishi sekinlashadi. Natijada — qora darchaning oziqlanish tezligi kamayadi. Bu o‘z-o‘zini tartibga solish butun boshli galaktikalarni yutib yuborishga yo‘l qo‘ymaydi.
Koinotning kengayishini ham yodda tutish lozim. Kosmosdagi obektlar bir-biridan uzoqlashgani sayyn, ularning qora darcha bilan to‘qnashish ehtimoli kamayadi.
Qora darchaning gravitatsiyasi atrofdagi yulduz va sayyoralarga ta’sir qiladi. Somon Yo‘li markazidagi qora darcha hatto ularni orbita bo‘ylab harakatlanishga majbur qiladi. Ammo u ularni yutib yubormaydi. Shunday ekan, hozircha xotirjam uxlash mumkin.
