Faraon qabrida topilgan sariq shisha «kosmik kuchlar» aralashuvisiz Yerda hosil boʻlishi mumkin emas edi.
Manba: «Mail.ru Hi-Tech».

Hi-Tech Mail muallifi

Misr faraoni Tutanxamon qabrida aniqlangan kulon tarkibida sariq shisha boʻlagi bor. Uning tarkibi Yerdagi har qanday analogdan farq qiladi. 2023-yilda olimlar nanostrukturali tadqiqot oʻtkazdilar, uning davomida material oʻzga sayyoralik kelib chiqishga ega ekanligini aniqlashdi.

Taqinchoq uchun shishaning oʻzi Buyuk qum dengizidan olingan. Gʻarbiy Misr va sharqiy Liviya oʻrtasida joylashgan sahroni shunday deb атаshadi. Qum dengizi juda ulkan, uning maydoni 72 000 kv. km ni tashkil etadi.
Bu yerda topiladigan sariq shishalar kremniy oksidi, sirkoniy oksidining turli tiplari va boshqa «oʻzga sayyoralik» materiallarga boy. Ularning baʼzilari faqat yuqori haroratda — Selsiy boʻyicha 2250 dan 2700 darajagacha paydo boʻlishi mumkin.

Baʼzi olimlar qumni eritib, gʻayrioddiy materialni hosil qilgan chaqmoq haqida gapirishgan edi. Boshqalar sariq shishaning hosil boʻlishini choʻkindi yoki gidrotermal jarayonlar, shuningdek, qadimiy vulqonlarning otilishi bilan bogʻlashgan. Ularning hammasi nohaq boʻlib chiqdi.
Olimlarning tadqiqoti gʻalati materialning paydo boʻlish siringi ochib berdi. Shisha Yerga tushgan yerdan tashqari obyekt — meteorit taʼsirida shakllangan. Zarba shunchalik kuchli boʻlganki, olimlar uni atom bombasi portlashi bilan solishtirishadi.
Rekord darajadagi harorat va bosim taʼsirida Yer yuzasi erib ketgan. Meteorit boʻlaklari qum, tuproq bilan aralashib ketgan, soʻngra qotib, sargʻish tusli goʻzal shishani hosil qilgan.
Avvalroq biz Tutanxamon qabrini ochish paytida olingan noyob rangli fotosuratlarni koʻrsatgan edik.
