“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasi doirasidan o‘rin olgan “Leganes”qa qarshi uy uchrashuvida (2:0) penaltidan foydalanib, musobaqa tarixida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, deya xabar beradi Opta  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Yandex Photos

Shu tariqa Messi o‘zining La Ligadagi 56-penaltisini golga aylantirgan holda, “Real” va “Atletiko” sobiq o‘yinchisi Ugo Sanchesga yetib oldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadam esa “qirollik klubi”ning yana bir sobiq o‘yinchisi — Krishtianu Ronaldu, uning hisobida 61 ta penaltidan urilgan gol bor. Shu bilan birga, Ronaldu Ispaniya chempionatida 262 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Messi La Liga doirasida 476 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Ushbu mavsumda Lionel Messi barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 26 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Barselona” 29-turdan keyin 64 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalini boshqarib turibdi, kuchli uchlikni esa “Real” (59) va “Sevilya” (51) yakunlagan. Madrid klubi 29-turda “Valensiya” qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 18-iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

От qwert.uz