Uzoq vaqt ayriliq azobi nedir,
Bilingki, bu sizga ogʼir sinovdir.
Аyriliq degani emas xiyonat,
Sadoqat – bir umr sizga omonat!
Deyishar baʼzida, xayotdan nolib,
Ne oldim xayotda, dunyoga kelib.
Xayron boʼlib «Xayot», ensasi qotar,
Qildingmi xarakat, oʼzing xam axir!
Mexmon kelsa shod boʼlib,
Toʼkin dasturxon solib,
Qilamiz unga qutlugʼ,
“Mexmon otangdan ulugʼ!”
Oʼtsa xamki asrlar,
Ertak xaqida derlar:
“Garchi yolgʼon boʼlsa-da,
Rosti xam bor aslida!”
Qushlarni qara, tinsiz,
Polaponin boqarlar.
Ulgʼaygach, nega esiz,
Boqqanni unutarlar!
Er-xotinning urushi,
Doka-roʼmolning qurishi.
Xulosa qiling, shundan,
Inoq boʼlinglar, chindan!
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF
