7-noyabr kuni OAVda AQSh prezidentligi saylovlarida Jo Bayden g‘alabaga erishgani e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Demokratlar partiyasidan bo‘lgan nomzod Donald Trampni Pensilvaniya shtatida ortda qoldirgan va g‘alaba uchun yetarli bo‘lgan 270 dan ortiq ovozni to‘plagan. Riz Uizerspun, Arnold Shvarsenegger, Gal Gadot va Gollivudning boshqa yulduzlari ijtimoiy tarmoqlar orqali Bayden va Kamala Xarrisni tabriklab ulgurdi. Ayrimlar Trampning mag‘lubiyati ustidan hazil qilmoqda, masalan, Stiven King, Jordan Pil va Jon Kyusak barchaning oldida uni “ishdan bo‘shatilding” demoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Arnold Shvarsenegger
“Saylangan prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarrisni tabriklayman. Har safargi saylovlarda ta’kidlaganimdek, yana bir bor qaytaraman, chunki ayrimlar buni boshqalardan ko‘ra ko‘proq eshitishi kerak: men sizlarning taraflaringizdaman, chunki sizlarning muvaffaqiyatingiz — bu mamlakat muvaffaqiyati”.
Mark Ruffalo
“Bugun mamlakatga kelgan muhojirlar uchun ulkan tarix. Bayden Oq uyda yashaydigan birinchi asli kelib chiqishi italyan-amerikalik bo‘ladi. Orzu qiluvchilar, tayyor turing! Keyingisi siz”.
Stiven King
“Amerika Trampga: Sen bo‘shatilding”.
Mark Xemill
Gal Gadot
“Xalq o‘z so‘zini aytdi! Jo Bayden va Kamala Xarrisni tabriklayman”.
Jeyms MakEvoy
“Amerikani tabriklayman!”.
Deyv Batista
“Vijdon uchun to‘rt yildan buyon nafrat, yolg‘on va boshboshdoqlikka qarshi kurashish uchun o‘rnidan turib, o‘z so‘zini aytgan aka-singillarimga rahmat. Jorjiyada ko‘rishamiz”.
Jordan Pil
“Sen bo‘shatilding”.
Jessika Alba
“Prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris, yuraklarimiz umidga, ko‘zlarimiz esa quvonch yoshlariga to‘la”.
Jessika Chesteyn
“2020-yil nihoyat yaxshi bo‘la boshladi. Ayollarga ovoz berish huquqi berilganiga 100 yil o‘tgach biz birinchi ayolni — AQSh tarixidagi vitse-prezidentni sayladik”.
Demi Mur
“Demokratiya g‘alaba qozondi! Tug‘ilgan kunim uchun eng yaxshi sovg‘a. Jo Bayden va Kamala Xarrisni tabriklayman. Bugun ko‘plab sabablarga ko‘ra tarixiy kun. Birlashish va qayta tiklanish vaqti keldi”.Kun iqtibosi, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar, tonggi va kechki dayjestlar — Telegram’da!
