Avstraliyada it o‘z xo‘jayinini himoya qilish maqsadida uning oldiga suzib kelayotga akulaga tashlandi, deb xabar beradi Unilad — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Kadr: Unilad
Jek Sttiklend ismli baliqchi Kvinslend shtati qirg‘oqlarida joylashgan Xaggerstouns orolida baliq tutayotgan bo‘lgan. Suvda u qadar katta bo‘lmagan akula paydo bo‘lgach, uning Tilli laqabli sodiq iti shu zahoti suvga sakragan.
Itning kattaligi baliqnikidan u qadar farq qilmasa-da, kuchuk akulani qo‘rqitib yuborgan. Yirtqich baliq ortiga qayrilib, qirg‘oqdan nariga suzib ketgan.
Avvalroq Avstraliyada syorfer qizga hujum qilgan akula tishini sindirib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
