“Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo‘lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi.

Efiopiyadagi mojarolar

Opportunizm, mafkura, qasos, pulparastlik va xudbinlik Efiopiyani urushga olib keldi, deb yozadi Ethiopia Insight nashri. Bir yil avval oromo xalqi partiyasi rahbari bo‘lgan bosh vazir Abiy Ahmad Ali siyosiy faoliyatining asosiy qismini oromo xalqining kurashiga sarfladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Ko‘p sonli saylovchilarga ega bo‘lish Abiyda yangi umid va g‘oyalarni yuzaga chiqardi. Bosh vazir bo‘lgach esa oromo xalqining millatchilik g‘oayalaridan chekinib, Efiopiya bilan yaqinlashish siyosatini dastak qildi. Uning bu siyosati Taraqqiyot partiyasini tuzgandan so‘ng boshlandi.

Foto: Ethiopia Insight

Bu sakkizta xalqdan tashkil topgan partiya bo‘lib birlashdi. Uning bu qarori natijasida bosh vazir va oromaliklar o‘rtasidagi ixtilofni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. U bir vaqtlar o‘zi orasida bo‘lgan oromaliklarni terrorizmda ayblaydi va hattoki yaqin safdoshi Lemma Megersni ham mudofaa vaziri lavozimidan ishdan oldi. Mazkur voqeadan so‘ng o‘ziga tayanch sifatida yangi siyosiy baza izlashga kirishdi. Izlagan imkon topar deganlaridek, Abiy Ahmad Ali bunday kuchni amxar xalqi orasidan topgandi. Amxarlar esa Tigray yerlariga o‘zariniki sifatida qaraydi va Tigraydagi oromaliklar bilan tez-tez janjallashib ham turadi. Abiy esa amxarlarni qo‘llab, ular orasida qahramonga aylanadi. Urush yaqin edi.

Ikkinchidan, Efiopiyaning federativ tizimdaligi ham halokatli ta’sir qildi. Tili va madaniyati turlicha bo‘lga hududlar Efiopiya federatsiyasini tashkil qildi. Aksarlar bu tizimni o‘ta tanqid qiladi, tanqidchilar orasida esa asosan shaharliklar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ular nazarida aynan shu federalizm turli efiop jamoalari orasida yuz beradigan qatliomlarning bosh sababi sifatida ko‘rilmoqda. Abiy va uning Taraqqiyot partiyasi esa federalizm tizimini yoqlab chiqmoqda.

Tigrayliklar nazarida federalizm uyushganlik va o‘zaro birlashuv asosida amalga oshishi, bunda markaziy hokimiyatning kuch ishlatish tizimi mavjud bo‘lmasligi lozim. Bunday olib qaralganda tigrayliklar mustaqillikni da’vo qilayotganday tuyuladi. Abiy esa Tigray Milliy ozodlik frontini esa yakson qilmoqchi va mamlakatda konstitutsiya va federativ tizimni isloh qilishni niyat qilmoqda.

Uchinchi sabab esa bu qasos olishga bo‘lgan tashnalik. Bir vaqtlar Tigray Xalq ozodlik partiyasi va Abiyning Taraqqiyot partiyasi Efiopiya Inqilobiy demokratik partiyasi tarkibida koalitsion hukumatni tuzdi va mamlakatni 28 yil mobaynida boshqarib keldi. Iqtisodiy o‘sish va nisbatan tinchlik davri kuzatilgan bu davrda Efiopiya Inqilobiy demokratik partiyasi inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzilishiga yo‘l qo‘ydi. Minglab odamlar qamoqqa tashlangan, mahkumlarga nisbatan qiynoqlar qo‘llanildi va yuzlab insonlar otib tashlandi. Xalqaro huquq faollari Efiopiyadagi mazkur vaziyatda hukumatni ayblab chiqdi. Keyinroq esa Abiyning o‘zi ham parlamentdagi chiqishida sodir etgan qilmishlari uchun uzr so‘radi. Abiy va Taraqqiyot partiyasi Tigray Milliy ozodlik frontini repressiyalarda ayblab chiqdi.

Homiylik, hokimiyatdagi mavqedan foydalangan holda u yoki bu siyosiy guruhlarning iqtisodiy manfaatlariga xizmat qilish urushning boshlanishiga to‘rtinchi sabab bo‘lib xizmat qildi. Hukumat iqtisodga aralashar, hukmron siyosiy doiraga yaqin bo‘lganlarning tovarlar ayiraboshlash va ishlab chiqarishdagi ulushi ham sezilarli katta bo‘lardi. Abiy va Taraqqiyot partiyasi esa iqtisodda boshqacha tartibni joriy qildi. Davlatning asosiy iqtisodiy tarmoqlarini xususiylashtirishni e’lon qilib, sotib yuborishni maqsad qildi. Abiy xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatdi.

Foto: Google Photos

Abiy, shuningdek, Abbis Abbebada sayyohlik markazini barpo qilish uchun ko‘plab istirohat bog‘lari muzeylar va sayr maskanlarini yaratishga astoydil bel bog‘ladi. Abiyning mazkur rejalari esa Tigray Milliy ozodlik frontiga yoqmadi. Chunki Abiyning iqtisodiy siyosati Tigray Milliy ozodlik fronti rahbariyati orasida o‘z mavqeyidan ayrilishni anglatardi. Ular Abiyni masxara qila boshladi.

Nihoyat, Abiyning o‘zini Efiopiyaning haqiqiy imperatoridek tutishi va “yetti yoshligimdan Efiopiyaning imperatori bo‘lishimni bilardim” jumlasini tez-tez takrorlashi ham ma’lum bir ma’noda Efiopiyadagi vaziyatga hissa qo‘shdi. Uning kitobini chop etilishi katta voqea bo‘ldi. Kitobni maktablarda va oliy ta’lim muassasalarida o‘qishning majburiyligi go‘yoki efiopiyaliklar kitobni o‘qisa, rivojlanish bo‘ladi, degan tasavvur uyg‘otdi.

Tigray Milliy ozodlik fronti esa Tigrayda mahalliy saylovlarni o‘tkazishi Abiyga berilgan zarba bo‘ldi. Abiy qachonlardir mansub bo‘lgan harakatga qarshi mamlakatda aslida kim ekanini ko‘rsatib qo‘yishni istab qoldi. Abiy va Tigray Milliy ozodlik fronti bir-biriga qarshi jangga kirishib ketdi. Bugun esa qachonlardir hamtovoq bo‘lgan ikki sheriklar bir stolga o‘tirib o‘zaro nizolarni ham hal qila olmaydigan holatga tushib qoldi. Efiopiyadagi urush tugasa, isyon boshlanishi aniq bo‘lib qoldi.

Tiklangan do‘stlik: Marokash va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar

Payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Marokash qirolligi diplomatik aloqalarni qayta tiklashi haqida ma’lum qildi va g‘arbiy Sahroyi Kabirni Marokashning hududi sifatida e’tirof etdi. Ayni paytda Marokash Isroilni tan olgan 4-arab davlatiga aylandi. Oq uy tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Marokash bilan bitimni telefondagi muloqot chog‘ida imzoladi.

Foto: The Times of Israel

Tramp Twitter’da yozib qoldirgan mikroblogida “yana bir tarixiy qadam amalga oshganini, AQShning ikki buyuk do‘sti Isroil va Marokash qirolligi diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘yishini” ma’lum qildi. Tramp yana bir Twitter’dagi mikroblogida Marokash AQShni 1777-yilda tan olganini va shuning uchun ham G‘arbiy Sahroyi Kabirdagi Marokash intilishlarini tan olishini yozib qoldirdi.

AQShning rasmiy Rabotning g‘arbiy Sahroyi Kabirga nisbatan iddaolarini e’tirof etishi AQSh ko‘p yillar mobaynida yuritgan g‘arbiy Sahroyi Kabirdagi siyosatga zid hisoblanadi. O‘z navbatida, bu g‘arbiy Sahroyi Kabirdagi POLISARIO frontiga ham keskin zarba berdi. POLISARIO – g‘arbiy Sahroyi Kabirda 1970–1980-yillarda Marokash Qirolligi va Mavritaniyaga qarshi kurash olib borgan harbiy tuzilma. 1979-yildan beri BMT POLISARIO frontini g‘arbiy Sahroyi Kabirdagi qonuniy vakili sifatida tan olgan edi. 1982-yilning fevral oyida POLISARIO Afrika Birligi Tashkiloti a’zosi hamdir.

Isyonchilar guruhi esa AQShdan bunday harakatni kutish mumkinligini va ular qarshilik ko‘rsatishini davom ettirishini ma’lum qildi. Isroil va Marokash 1990-yillarda Oslo bitimlari kelishuvi doirasida munosabatlar o‘rnatdi. Ammo ikkinchi Falastin Intifodasidan so‘ng 2000-yil boshida Marokash Isroil bilan diplomatik aloqalarini qayta uzdi. Ikki mamlakat o‘z elchixonalarini ham yopdi. Siyosiy muloqotlar to‘xtatildi.

Trampning katta maslahatchisi Jared Kushner jurnalistlar bilan uyushtirgan muloqot chog‘ida Isroil va Marokash qirolligi munosabatlari iqtisodiy hamkorlikka yo‘l ochishini, ikki mamlakat o‘rtasida avia parvozlar amalga oshirilishini, Rabod va Tel-Avivda ikki mamlakat elchixonalari ochilishi ehtimoli ham mavjudligini ma’lum qildi.

Isroil bosh vaziri Benyamin Natanyaxu Marokashning harakatini olqishlab bu “mintaqaga tinchlik” olib kelishida yana bir qadam ekanini ta’kidlaydi. BAA, Misr va Bahrayn Marokashning bu qadamini ijobiy baholagan bo‘lsa, Falastin muxtoriyati Marokashning bu qadamini tanqid qildi. Falastin ozodligi tashkiloti a’zosi Balsam as-Salxi Reyter agentligiga bergan intervyusida “2002-yilda arab tinchlik tashabbusida chekinish Isroilni Falastinga nisbatan agressiyasiga sabab” bo‘lishini eslatib qo‘ydi.

Muhsin Faxrizoda o‘limi uchun Eron Isroildan qanday qasos oladi?

Eronliklar yadro otasi sifatida tanilgan Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishi ortidan Isroilga nisbatan kuchli nafratlarini izhor qildi. Ko‘p tilga olingan nafratlar orasida Eron dushmanlarini jismonan yo‘q qilish borasidagi tahdidlar ham yangradi, deb yozadi The Jerusalem Post nashri.

Foto: Reuters

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Ismoil Qooniy o‘z nutqida “Isroilning halokati yaqinligi va isroilliklar Eron bilan ochiqdan ochiq jang qilishga jur’at qila olmasliklari” haqida gapirgan bo‘lsa, boshqa bir qo‘mondon Husayn Salomiy “Faxrizodaning o‘limida aybdorlarni qasos va shafqatsiz jazo kutayotgani” haqida gapirdi.

Eron qasos olish ilinjida, ammo qasos qanday tartibda amalga oshadi, hozircha ochiq qolayotgan savollardan biridir. Eron qo‘l ostida ayni paytda Yaqin Sharq mintaqasidagi eng kuchli harbiylashgan tuzilmalar mavjud. Isroilga qarshi zarba berishda ayni shu harbiylashgan tuzilmalarning ishga solinishi qasos olishning usuli ham bo‘lishi mumkin. Eron hukumati tog‘ridan to‘g‘ri Isroilga qarshi harakatlarni boshlab yuborishi esa ehtimoldan yiroq. Shunday bo‘lsa-da, hozirda Eron oldida chigal masala ko‘ndalang. Isroil chegaralaridagi Hizbulloh guruhi ayni damda qiyin siyosiy vaziyatga duch kelgan.

Livan iqtisodi va valyutasi o‘ta murakkab davrlarni boshidan kechirmoqda. Bayrutdagi portda sodir bo‘lgan portlashdan Livan iqtisodiyoti bartaraf qilish 15 milliard dollar bilan baholanmoqda. 300 mingga yaqin livanliklar boshpanasiz qolgan paytda Hizbulloh Eron uchun ko‘zga ko‘rinmas qurol vazifasini o‘tab berolmasligi aniqroq. Isroilga qarshi hujum boshlangan taqdirda ham Isroilning qarshi javobi o‘ta keskin bo‘lishi mumkin.

Suriya borasida ham Eronning ishga solishi mumkin bo‘lgan kuchlari va zaxiralari ancha yaxshi tashkillandi. Faxrizodaning o‘limi esa Isroil bu mintaqada ham yaxshi razvedka ma’lumotlarga ega ekanini anglatadi. Eron Islom inqilobi korpusi generallaridan birining Iroq–Suriya chegarasida o‘ldirilishi ham yuqoridagi sabablarni dalillaydi.

Eron hozirda Suriyada keng strategik loyihalarni amalga oshirmoqda. Isroil esa Eronning Suriyadagi loyihalarini qo‘porishda ancha yutuqlarga erishmoqda. Shunday bo‘lsa-da, Eron–Isroil chegaralari ostonasida insonlarni Isroilga qarshi hujumlar uchun yollamoqda. Buning ham amalga oshishi ehtimoldan ancha yiroq, Isroil bunga qarshi ham ayovsiz zarba berishi mumkin.

Shuningdek, Eron qo‘l ostida Yamandagi xusiylar va Hizbulloh guruhlari Isroilga qarshi qasos olish harakatida ishtirok etishi mumkinligi ehtimoli ancha yaqinroqdek ko‘rinadi. Eron avval ham xusiylardan boshqa davlatlarga qarshi foydalanib ko‘rgan edi. 2019-yilning sentabrida xusiylar Saudiya Arabistoniga tegishli neft obyektlarini portlatganini o‘z zimmasiga olgandi. Yamanlik xusiylar Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan Isroildan qasos olish maqsadida foydalanishi mumkin.

Eron Hizbulloh guruhidan Isroilga qarshi foydalanishi mumkin. 1992-yilda Isroil Hizbulloh guruhining yetakchisi Abbas Musaviyning o‘ldirilishiga javob tariqasida Isroilning Argentinadagi elchixonasini nishonga olgan, sal keyinroq 1994-yilda Buenos Ayresdagi Isroil jamoasiga ham zarba bergandi. 2008-yilda ham Hizbulloh guruhi Damashqdagi Hizbulloh yetakchisi Imod Mug‘liyning o‘ldirilishi ortidan yana yahudiylarni nishonga olgandi.

Bu kabi ma’lumotlar esa Eron yana Isroildan o‘ch olish uchun terrorchi radikal islomiy guruhlaridan foydalanishi mumkin, degan xulosalar yasashga undaydi. Faqat hujum qachon va qay tarzda ko‘rinish oladi, noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Jahongir Ergashev tayyorladi.

От qwert.uz