-Yigʼlama qiz, yigʼlama:
Koʼrasan, bir kun mana,
Qaytar onang baribir,
Faqat kut, qilib sabr!…
Onang ketdi — elakka,
(Yo boʼlmasa, chelakka).
«Ellik ogʼiz» gapi bor,
Seni — eslamas zinxor!
Mayli, yigʼla — yuz bora,
Onang — eshitsa, zora!
Sen qoyadan yiqilsang bexol,
Shifokorga yetkazsa darxol,
Oʼz-oʼzinga ishongan kabi,
U sen uchun — ishonch «maktabi»!…
-«Eshitgansiz, ertakdagi «Tosh gul»ni…
«Tosh qiz» boʼlar ekan xatto xayotda.
Raqs uchun tanlaydi qaysi yoʼlni?…
Faqat boshin qimirlatar, albatta!…»
-«Аli Bobo, qay birimizni?
Qay birimizni? Qay birimizni?
Аli Bobo — sen dovyuraksan,
Mardligingdan — elda dostonsan!».
-«Qay birimiz, tanlading qani?
Yo shaymisan — qochib ketgani?…»
-«Tushunmadim, nima qilyapsan, Panda?»
-«Tozalayman, tishni — ovqat yeganda!?…»
-«Аna, men aytmabmidim!?
Аna men aytmabmidim!?»
-«Yuz bor takrorlab, shoyad,
-Koʼndirding va nixoyat!…»
«Oʼta qattiq, charchasang agar,
Qoya tosh xam — divan tuyular!»
-«Shoxim, nega xomushsiz buncha?»,
-«Shunday boʼlar, tushlik qilguncha!».
-«Tashvish xissin — beryapsiz menga!»,
-«Men tupurdim — tashvishlaringa!»
Begemotim — mittivoy,
Sen shumtaka — jinnivoy.
Barcha narsani yutma,
Kit emassan — unutma!
Ne chun — tashvishli xayot,
Sen bor-yoʼgʼi, begemot!,
Toʼp tishlashing — kulgulik,
Bu emasku — yegulik.
Ikkimiz — baxamjixat,
Tennis oʼynaymiz — faqat!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF
