Ko‘pchilik mashhur insonlarga havas qiladi, ammo bunday shuhratning boshqa tomoni ham bor. Ularning hayotida tinmay ta’qib qiladigan va hatto ularni o‘ldirishga harakat qiladigan ruhiy kasal muxlislar ham uchrab turadi. Xuddi shunday holatga tushgan taniqli shaxslar bilan tanishing — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Britni Spirs

Foto: Shutterstock
Bir keksa odam Britni bilan birga bo‘lish uchun Yaponiyadan uchib kelgan. U xonandaga 300 dan ortiq xat va fotosurat yuborgan. Bu holat uning Britniga yaqinlashishi taqiqlanishi bilan yakunlangan.
Bred Pitt

Foto: Shutterstock
Afina Rolando ismli muxlisasini politsiya tom ma’noda aktyorning karavotida qo‘lga olgan. Ammo o‘sha payt Bred uyda bo‘lmagan: ayol deraza orqali kirib, uning kostyumlaridan birini kiygan va karavotida uxlagan.
Madonna

Foto: Shutterstock
Polshalik Gjegoj Metlok Madonnaning yotoqxonasiga devor orqali kirgan va mish-mishlarga ko‘ra, uning tomog‘ini kesmoqchi bo‘lgan. Yaxshiyamki, xavfsizlik xizmati uni payqab qolgan, shundan keyin u hech qachon qo‘shiqchiga yaqinlashmagan.
Bleyk Layvli

Foto: Shutterstock
Aktrisaga muxlislik qilgan erkak u bilan metafizik aloqasi borligi haqida butun dunyoga jar solgan. Keyinchalik u Bleyk va uning onasi bilan uchrashishga bir necha bor urinib ko‘rgan.
Jennifer Lourens

Foto: Shutterstock
Kanadalik noma’lum erkak Jenni va uning akasiga Lourensning eri ekanligi haqida xatlar yozgan. Keyinchalik esa u o‘zini Iso Masihning yangi timsoli deb tanishtirgan.
Mayli Sayrus

Foto: Shutterstock
Jeyson Luis Rivera ismli erkak qaychi bilan qurollanib, o‘zini Sayrusning eri, ba’zan esa do‘sti deb atab, uning uyiga kirishga bir necha bor uringan. Shundan so‘ng uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib ketishgan.
Stiven Spilberg

Foto: Shutterstock
Sara Char ismli ayol to‘pponcha sotib olib, rejissorni o‘ldirishga harakat qilgan. Natijada unga nisbatan Stivenga 100 metrgacha yaqinlashmaslikka va ijtimoiy tarmoqlarda unga yozmaslikka taqiq qo‘yilgan.
Beyonse

Foto: Shutterstock
Bassi Essi ismli ayolning gaplariga ko‘ra, qo‘shiqchining o‘ziga o‘xshash qiyofadoshi bor va u ko‘pincha Beyonsening o‘rniga sahnada namoyon bo‘ladi. Ayol bu haqiqatni butun dunyoga aytmoqchi bo‘lgan. Qo‘shiqchi esa uning o‘zi va oilasiga yaqinlashishini sud orqali taqiqlab qo‘ygan.
Kim Kardashyan

Foto: Shutterstock
Noma’lum erkak Kim Kardashyanga bo‘lgan sevgisiga kim to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa, uni o‘ldirishini aytgan. U Kimni bo‘lajak farzandlarining onasi deb hisoblagan. Erkak ruhiy kasalxonaga yuborilgan.
Sheron Stoun

Foto: Shutterstock
Italiyalik Agostino Pomato uning uyi darvozasi yonida qo‘lga olingan. U Italiyadan aktrisaga uylanish uchun kelganini va ruhiy kasalxonadan bo‘lsa ham, unga xat yozishda davom etishini aytgan.
Uma Turman

Foto: Shutterstock
2008-yilda Jek Jordan aktrisaning o‘limi tasvirlangan rasmlari bo‘lgan xatlari, shuningdek, uning uyiga kirishga uringani uchun hibsga olingan.
