Jarroh bemordan 56 kilometr uzoqlikda turib, robotlashtirilgan tizim yordamida operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazgan.
— Манба: «Daryo» нашри.

AQSHda jarroh saraton kasalligiga chalingan bemorni boshqa shifoxonadan turib operatsiya qildi. U robotlashtirilgan tizim orqali jarrohlik asboblarini boshqargan, deb xabar berdi ABC News.
Prostata bezini olib tashlash operatsiyasi Florida shtatida o‘tkazilgan. 66 yoshli bemor Minneola shahridagi AdventHealth shifoxonasida, jarroh Vipul Patel esa undan taxminan 56 kilometr uzoqlikdagi Selebreyshn shahridagi AdventHealth Celebration tibbiyot markazida bo‘lgan.
Patel robotlashtirilgan tizim yordamida jarrohlik asboblarini masofadan boshqarib, operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlagan. Jarayon davomida bemorning yonida yana bir malakali jarroh bo‘lgan.
Operatsiyadan keyin bemorning ahvoli barqarorlashgan. Vipul Patelning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda ushbu texnologiya yirik shifoxonalardan uzoqda yashovchi odamlar uchun tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirishi mumkin.
Avvalroq xitoylik shifokorlari hali tugʻilmagan bolaning oʻpkasidagi oʻsimtani kichraytirib, zararsizlantirishga muvaffaq boʻlgandi. Ular bolani ona qornidan chiqarmasdan operatsiya qilgan.
