YO‘L QOIDASIGA RIOYA:

-«Yo‘l qoidasiga qiling rioya,
U barcha xatardan — qilur ximoya!»

YOLG‘IZ YELKAN :

-«Yolg‘iz yelkan, turar oqarib,
Olislardan turganday qarab.

Agar chuqur bo‘lmasa dengiz,
Bo‘lmasmidi yelkan xam yolg‘iz!»

ATIRGULNI SЕVUVCHILAR:

-«Atirgulni sevgan oshiq dil,
Tikanga xam qo‘yadi ko‘ngil.

Chunki, buyuk bo‘lsada o‘zi,
«Ko‘r» bo‘ladi — muxabbat ko‘zi!…»

TOMSIZ KUCHUK:

-«Tomsizmisan, kuchukvoy o‘zing?»
-«Yo‘q adashding, noto‘g‘ri so‘zing.

Uyim xam bor, tomim joyida,
O‘zim sayr qilgum goxida.

Lekin egam bo‘lsa yonimda,
Tosh uchmaydi — xar tomonimda!…»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz