Qandli diabetdan aziyat chekadigan kishilarning taomnomasiga alohida e’tibor berish, salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlardan foydalanmaslik kerak.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Woman’s Day.ru”

Xamirli taom va yeguliklar tayyorlaganda esa ayrim jihatlarga amal qilish muhim:

  • Sariyog‘ o‘rniga yog‘i kam bo‘lgan margarin ishlating;
  • Oliy nav bo‘lmagan undan foydalaning;
  • Shakar o‘rniga fruktoza qo‘shing;
  • Glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mahsulotlar —uzum, banan va mayizdan foydalanmang.

Qolaversa, parhezshunoslar bunday qandolat mahsulotlarini katta bo‘lmagan o‘lchamda pishirishni tavsiya qiladi. Oliy navli bo‘lmagan undan tayyorlanib, qo‘ziqorin, tuxum va tofu pishlog‘i qo‘shilgan yegulik eng yaxshi sanaladi. Shuningdek, uyda tayyorlash mumkin bo‘lgan keks va tort retseptlari ham bor.

Parhezbop pirojki xamiri

Foto: Russian Food

Kerakli mahsulotlar:

  • xamirturush — 30 g;
  • javdar uni — 0,5 kg;
  • tuz;
  • suv — 400 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Iliq suvga xamirturush qo‘shing.
  • Un va tuz soling.
  • 1-2 soatga qoldiring.

Qandli diabeti borlar uchun keks retsepti

Foto: Russian Food

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum — 1 dona;
  • margarin — 100 g;
  • javdar uni;
  • fruktoza;
  • limon po‘stining qirindisi.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Barcha mahsulotlarni blenderda aralashtiring.
  • Unni keksning xamiriga o‘xshash massa bo‘lgunicha qo‘shing.
  • Maxsus keks qolipiga solib 200 daraja olovda pishirib oling.

Tvorogli pirog

Foto: Russian Food

Kerakli mahsulotlar:

  • un — 90 g;
  • tuxum — 2 dona;
  • tvorog — 400 g;
  • yong‘oq;
  • shakar o‘rnini bosuvchi mahsulot — 90 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Hamma mahsulotlarni qo‘shib aralashtiring.
  • Listga solib 20-25 daqiqa davomida pishirib oling.

Shuningdek, suli yormasidan pechenye tayyorlasangiz ham bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz