Sovuq qish kunlari uchun xushbo‘y va tetiklantiruvchi ichimlik. Quyidagi mahsulotlar 3 litrli banka uchun mo‘ljallangan.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehicker

Kerakli mahsulotlar:

  • uzum — 1500 g;
  • limon — 2-3 bo‘lak;
  • suv — 2-3 l;
  • shakar — 350 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Uzumni yaxshilab yuving, shoxlarini olmasangiz ham bo‘ladi.
  2. Sterilizatsiya qilingan bankaga uzum, limon solib, ustidan qaynagan suv quying va 15 daqiqaga qoldiring.
  3. Bankadagi suvni boshqa idishga to‘kib, shakar soling va shakar eriguncha qaynating.
  4. Tayyor siropli suvni bankaga qaytadan soling, qopqoq bilan yaxshilab berkiting.
  5. Kompotli bankani to‘nkarib, soviguncha sochiq bilan o‘rab qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz