Avstraliyadan Italiyaga uchgan amerikalik Meri Maysterga samolyot saloniga itini olib kirishga ruxsat berildi. Shu orqali Lyuis laqabli tozi it dunyoning yarmini o‘z egasi bilan birga biznes-klassda uchib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Instagram / @greytgreysrescue

Ta’kidlanishicha, chegaralar yopiqligi va Melburndan Florensiyaga parvozlar cheklangani sabab sayohat uch kun davom etgan. Shu sababli Meri Lyuisni yukxonaga topshirishni istamagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Bundan tashqari, qiz avvalroq depressiyadan davolangan bo‘lib, uning shifokori aviakompaniyaga ariza yozib, it butun parvoz davomida “hissiy qo‘llab-quvvatlov” maqsadida Merining yonida bo‘lishi kerakligini maslahat bergan.

Singapore Airlines aviakompaniyasi Lyuisni bortga olishga va hatto salondagi bo‘sh joyni egallashga ruxsat bergan, chunki reys deyarli bo‘sh bo‘lgan. Natijada it biznes-klassdagi o‘rindiqda uxlab ketgan, styuardessa esa uni keks va kruassanlar bilan mehmon qilgan.

Foto: Instagram / @greytgreysrescue

“Ularning barchasi [styuardessalar] Lyuis shu paytgacha parvozda ko‘rgan eng tarbiyali it ekanligini aytishdi”, — deydi Mayster.

Foto: Instagram / @greytgreysrescue

Foto: Instagram / @greytgreysrescue

Foto: Instagram / @greytgreysrescue

Foto: Instagram / @greytgreysrescue

Avvalroq britaniyalik sobiq harbiy Kobuldan 200 ta it va mushuklarisiz ketishni istamagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

От qwert.uz