Источник: Google Gemini

Shifokorlar tomoq og‘rig‘i boshlangan paytda yutinishni yanada qiyinlashtiradigan va aksincha, uning tezroq tuzalishiga yordam beradigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqishdi.

 — Манба:  «Daryo» нашри.

Tomoq og‘riganda iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 7 mahsulot
“Noviy ochag”

Kuz-qish mavsumida ko‘pchilik tomoq og‘rig‘i va yutinishga qiynalish muammosiga duch keladi. Ba’zan bunga xonadagi haddan tashqari quruq havo ham sabab bo‘ladi. Yallig‘lanish oqibatida tomoq shilliq qavati shishishi, qizarishi va ta’sirlanishi mumkin. Shu sababli shilliq qavatni yanada jarohatlamaslik va og‘riqni kuchaytirmaslik uchun ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor qaratish lozim.

Shifokorlar tomoq og‘rig‘i boshlangan paytda yutinishni yanada qiyinlashtiradigan hamda, aksincha, uning tezroq tuzalishiga yordam beradigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqishdi.

Nordon mahsulotlar

Tomoq og‘rig‘ida mumkin bo‘lmagan mahsulotlardan biri nordon yeguliklardir. Ular yallig‘langan shilliq qavatni ta’sirlantirib, achishishni yuzaga keltirishi mumkin.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, sitrus mevalar, nordon rezavorlar, pomidor va sharbatlarni kasallikning o‘tkir davrida ratsiondan butunlay chiqarish yoki cheklash zarur. Ulardagi yuqori kislotalilik mikroyoriqlari bo‘lgan shilliq qavatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sitrus mevalaridagi C vitaminini kasallik paytida bulg‘or qalampiri, kartoshka yoki tayyor dori vositalari ko‘rinishida qabul qilgan ma’qul. Ularning o‘rniga neytral mevalar — banan, shirin olma, qovun va shaftoli iste’mol qilish tavsiya etiladi. Nordon mahsulotlar yallig‘langan tomoqqa xuddi yaraga limon kislotasi tekkandek ta’sir qilib, og‘riqni yanada kuchaytiradi.

Achchiq taomlar

Getty Images

Xalq orasida achchiq yeguliklar burun-tomoq yo‘llarini ochib, shamollashni yengillashtiradi, degan qarash mavjud. Kasallik paytida odamda vaqtinchalik yengillik hissi tufayli achchiq narsalarga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Biroq mutaxassislar achchiq taomlarni cheklashni maslahat berishadi. Bunday taomlar tomoqdagi nerv tomirlarini ta’sirlantiradi, yo‘talni kuchaytiradi va shilliq ajralishini ko‘paytirib, jarohatning bitishini sekinlashtiradi.

Issiq sho‘rvalar va bulyonlar

Suyuqlik qanchalik issiq bo‘lsa, shunchalik foydali degan tushuncha xatodir. Haddan tashqari issiq suyuqlik (65 °C dan yuqori) shilliq qavatni kuydiradi va yallig‘lanishni kuchaytiradi. Ichimlik harorati xona haroratidan biroz yuqoriroq, ya’ni 40–45 °C atrofida bo‘lishi lozim.

Kuydiradigan darajadagi issiq taomlar o‘rniga iliq bulyon va pyure-sho‘rvalar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ular tomoqni namlaydi, organizmga oson hazm bo‘luvchi moddalarni yetkazadi va nafas yo‘llarini yumshatadi. Shuningdek, malinali iliq choy ichish ham foydalidir.

Alkogol mahsulotlari

Alkogol mikroblarni o‘ldiradi va dezinfeksiya qiladi, degan fikr ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Alkogol tomoq og‘rig‘ini davolamaydi. Aksincha, kuchli spirtli ichimliklar shilliq qavatning kimyoviy kuyishiga olib kelishi mumkin. Shifokorlar amaliyotida bunday holatlar ko‘p kuzatiladi. Spirtli ichimliklar shilliq qavatni quritadi, mahalliy immunitetni pasaytiradi va organizmning suvsizlanishiga sabab bo‘ladi. Antibiotiklar qabul qilinganda esa alkogol butunlay man etiladi.

Sut

Getty Images

Sut tomoq og‘rig‘ida birinchi yordam hisoblansa-da, uni me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslik kerak. Salqin yoki iliq sut tomoqni biroz yumshatishi mumkin, biroq u yallig‘lanishni davolamaydi. Oshqozonda kislotalilik yuqori bo‘lganda va jig‘ildon qaynashiga moyillik mavjud bo‘lganda yog‘li sut mahsulotlarini cheklash zarur, aks holda bu reflyuks (oshqozon shirasi yuqoriga chiqishi)ni kuchaytiradi.

Asal

Haqiqiy asal shilliq qavatni qoplab, og‘riqni va yallig‘lanishni biroz kamaytiradi. Ammo tarkibida qiyom yoki shakar bo‘lgan mahsulotlar bundan mustasno. Asal va limon aralashmasi tomoqni yumshatsa-da, yallig‘langan shilliq qavatga limon kislotasi zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun limonni juda oz miqdorda va faqat iliq (40 darajadan yuqori bo‘lmagan) suv yoki asal bilan aralashtirib iste’mol qilish kerak. Mutaxassislarning fikricha, asal bakterial infeksiyalarda to‘qimalardagi ortiqcha suyuqlikni tortib olib, shishni kamaytirishga yordam beradi, limonni esa vaqtincha cheklagan ma’qul.

Kofe

Kofein yengil peshob haydovchi xususiyatga ega bo‘lgani uchun shilliq qavatni quritib yuborishi mumkin. Tomoq og‘rig‘i va quruq yo‘tal kuzatilganda organizmda suv yetishmasligi holatni yanada og‘irlashtiradi. Shu sababli kasallik paytida kofe iste’molini kamaytirish maslahat beriladi.

Muzqaymoq

Getty Images

Sovuq harorat tomirlarni toraytirib, yallig‘langan sohaga qon oqimini kamaytiradi va vaqtincha shish hamda og‘riqni qoldirishi mumkin. Biroq bu vaqtinchalik samara bo‘lib, haroratning keskin o‘zgarishi tomoqda spazm keltirib chiqarishi xavfi bor. Shuningdek, yog‘li va shirin muzqaymoqlar tomoqda istalmagan parda hosil qiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, muzqaymoq tomoqning orqa devoriga yetib borguncha sovuq haroratini yo‘qotadi (harorati +24…+26 °C ga yetadi). Shuning uchun undan sezilarli foyda bo‘lmaydi, lekin kichik porsiyalarda yeyilsa, zarar ham qilmaydi.

Tibbiyot xodimlari muzqaymoq kabi sovuq narsalar faqat vaqtinchalik og‘riqsizlantiruvchi vosita ekanini, u kasallikni davolamasligini eslatib o‘tishadi. Agar tomoqdagi og‘riq kuchli bo‘lsa va uch kundan ortiq davom etsa yoki tana harorati ko‘tarilsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.

Asila Aliboyeva

muxbir

Asila Aliboyeva

От qwert.uz