Tvorog qo‘shib tayyorlanadigan yumshoqqina sharchali shirinlikni desert sifatida choy bilan iste’mol qiling.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Lisa.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • o‘simlik yog‘i – 400 ml;
  • tvorog – 200 gramm;
  • un – 400 gramm;
  • tuxum – 1 dona;
  • sut – 180 gramm;
  • shakar – 2 osh qoshiq;  
  • xamirturush kukuni – 1 choy qoshiq;
  • sariyog‘ – 30 gramm;
  • mayiz – 70 gramm;
  • shakar upasi, tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

Xamirturush va shakar iliq sutda eritilib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra 15 daqiqaga iliq joyda qoldiriladi.

Foto: “Lisa.ru”

Mayizlar avval qaynoq suvda 30 daqiqaga qoldiriladi. Un elakdan o‘tkaziladi.

Foto: “Lisa.ru”

Tvorog, bir chimdim tuz va tuxum solib, yaxshilab aralashtiriladi. Ustidan eritilgan sariyog‘ va sutli massa quyiladi. Mayiz ham qo‘shilib, yumshoq xamir qoriladi.

Foto: “Lisa.ru”

Frityureda o‘simlik yog‘i qizidiriladi. Xamir bir xil dumaloq shaklga bo‘lib olinadi.

Foto: “Lisa.ru”

Sharchalar qizigan yog‘ga solinib, qizargunga qadar qovuriladi.

Foto: “Lisa.ru”

Shirinlik ustiga shakar upasi sepiladi.

Foto: “Lisa.ru”

От qwert.uz