Nozik ta’mli krem va shokoladli biskvit — oilaning har bir a’zosiga yoqishi aniq.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pixabay

Kerakli mahsulotlar:

  • un — 275 g;
  • kakao — 2 osh qoshiq;
  • soda — 1,5 osh qoshiq;
  • razrixlitel — 1,5 choy qoshiq;
  • asal — 3 osh qoshiq;
  • shakar — 215 g;
  • tuxum — 3 ta;
  • o‘simlik yog‘i — 225 ml;
  • sut — 225 ml.

Krem uchun:

  • shokolad — 450 g;
  • sariyog‘ — 200 g.

Bezatish uchun:

  • 50 g — oq shokolad.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Un, kakao, soda va razrixlitelni elab, ustiga shakar qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.
  2. So‘ngra asal, tuxum, sariyog‘ va sut qo‘shing.
  3. Bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiring, pergament qog‘oz solingan ikkita qolipga quying va taxminan 35 daqiqa davomida 160 daraja issiqlikda pishiring.
  4. Biskvit sovigach, har birini ikki qismga bo‘ling.
  5. Shokoladni suv hammomida eritib, sariyog‘ qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.
  6. Biskvitlarni ustma ust qo‘yib,tashqi qismini shokoladli krem ​​bilan yoping.
  7. Tort ustiga bezak berish uchun eritilgan oq shokolad bilan naqshlar chizing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz