«OBUNА BOʼLDINGMI?…»
— “Obuna boʼldingmi menga ayt, qani?”,
— “Tayinli xech narsang – yoʼq, axir sani?,
Qoʼygin «kontent»ingni — mazmunli qilib,
Oʼshanda obuna, kelar — yogʼilib!…”.
«SHUKR…»
— «Shu shoxga achinib, suryapsiz fikr?»,
— «Singanda tagida — boʼlmabman, shukr!».
«XUSH KELIBSIZ!…»
— «Xush kelibsiz, azizlar, mana!»,
— «Xoʼsh, qaerga kelibmiz — yana?».
— «Voy, aytmoqchi, aytmabman — uzr,
Yodlayapman, monolog — xozir!…».
«OTА-BOLА…»
— «Ota-bola suxbat qursalar dildan,
Bari gʼashlik ketar — shunda koʼngildan.
Shu tariqa, suxbat ketdi — choʼzilib,
Soʼng boshlandi uyqu — suxbat uzilib!…».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF