«BEROLMАDIM DOSH…»
-«Nedan uyalyapsan, nega egding bosh?”,
-«Doʼstim qilmishiga — berolmadim dosh!…».
«KICHKINTOYLIGIM…»
-«Eta olmayapman, sizlargá mayli,
Bu axir, kichkintoyligim tufayli!».
-«Ulgʼaysang bolajon — ketarsan oʼzib,
Xozircha turamiz — quloqdan choʼzib!…».
«KEKSАLIK…»
-«Keksalik gashtini — surmoq istasang agar,
Navqiron chogʼingda — keksalardan ol xabar!».
«UZUN SOCHDА…»
-«Xalq ichida bor — shunday naql,
Uzun sochda — boʼlmaydi aql.
Sochim uzun boʼlsada — ammo,
Аqldan xech — yo’qdir muammo!…».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF