
«HUSHYOR BOʼL…»
-«Baʼzan kimdir, senga choʼzib qoʼl,
Koʼrsatganday boʼlar — toʼgʼri yoʼl.
Lekin doʼstim, doim — hushyor boʼl,
Yomgʼir emas, nogoh — yogʼar doʼl!».

«HАYOTDА SHАRPАDАY…»
-«Hayotda sharpaday — yashading hargiz,
Oqibat ortingda — qoldirmading iz!».

«OLIS CHOʼQQILАRNI…»
-«Olis choʼqqilarni — kimdir koʼzlasa,
Maqsadiga yetgay — imkon izlasa!».

«TOPGАYDIR CHORАSIN…»
-«Hatto eng najotsiz — axvolda boʼlib,
Insonlar topgaydir — chorasin, kulib!».
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF