Pomidor sousi va piyoz qo‘shib tayyorlanadigan makaronli taom mazali ta’mga ega. Uni tushlikda yoki kechki taom sifatida tayyorlashingiz mumkin. Ko‘katlar taomning ta’mini yanada mazali qiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • makaron — 200-250 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • pomidor — 4-5 dona
  • piyoz — 1 dona
  • sosiska — 8 dona
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
  • suv — 250-300 ml
  • murch — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Makaronni tuzli suvda taxminan 10 daqiqa qaynatib oling va qadoqdagi aniq pishish vaqtiga e’tibor bering.
  2. Pomidorlarni qaynoq suvga bir daqiqaga botirib oling. Keyin sovuq suv ostida yuving va po‘stlog‘ini tozalang.
  3. Pomidor va piyozni mayda qilib, sosiskalarni esa o‘zingizga yoqqan shaklda kesib oling.
  4. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Piyozni yengil qizarguncha qovuring. Pomidor qo‘shing va 3-4 daqiqa davomida pishiring.
  5. Mahsulotlarning ustiga biroz iliq suv qulib, tuz va murch qo‘shing. Qaynagandan keyin bir yoki ikki daqiqadan so‘ng, sosiskalarni soling va vaqti-vaqti bilan aralashtirib, 5-7 daqiqa davomida pishiring.
  6. Makaronni tovaga soling va hamma narsani yana 3-4 daqiqa davomida pishirib oling.

 Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz