Ushbu desert tayyor bo‘lgach, uni uzoq muddat davomida muzlatkichda saqlash mumkin, deb yozadi “Fokus”.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Fokus”

Kerakli mahsulotlar:

  • pechenye — 500 gramm;
  • yong‘oq — 150 gramm;
  • sariyog‘ — 100 gramm;
  • quyutirilgan sut — 1 dona;
  • mak — 2 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pechenye qo‘l bilan maydalanadi, sariyog‘ va quyultirilgan sut mikser bilan aralashtiriladi.
  2. Maydalangan pechenye, yong‘oq va sariyog‘li aralashma chuqur idishga solinadi.
  3. So‘ngra yassi idishga piramida shaklida joylshtiriladi va ustidan mak sepiladi.
  4. Ta’bga ko‘ra, eritilgan shokolad ham quyish mumkin.
  5. Tayyor bo‘lgach, desert bir necha soatga muzlatkichga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz