Mazali asalli tort tovada oson tayyorlanadi. Kremiga smetana qo‘shib pishiriladigan tortni bezashda o‘zingizga yoqqan mevalardan foydalanishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • shakar — 220 g
  • asal — 5 qoshiq
  • sariyog‘ — 220 g
  • iste’mol sodasi — 1 qoshiq
  • tuxum — 4 dona
  • un — 300 g
  • o‘simlik yog‘i — 2-3 qoshiq
  • yog‘li smetana — 800 g
  • shakar kukuni — 120 g

Tayyorlanishi:

  1. Bir piyolaga shakar, asal va sariyog‘ solib aralashtiring. Aralashtirganda, mahsulotlar eriguncha suv hammomida isitiladi.
  2. Siropga iste’mol sodasini soling, aralashtiring, yana 30-40 soniya davomida qizdiring. Massa ko‘piklanib, oltinrang bo‘lishi kerak.
  3. Siropni ozgina sovitib oling. Uni “venchik” yordamida yaxshilab aralashtirib, ichiga tuxumni birma-bir soling.
  4. Unni suyuq massaga soling va mahsulotlarni xamir holatiga keltiring.
  5. 20-23 sm diametrli qizdirilgan tovani o‘simlik yog‘i bilan yog‘lang va qizdiring.
  6. Xamirning bir qismini tovaga soling, uni barcha qismiga teng ravishda yoying. 1-2 daqiqa davomida idishning qopqog‘i yopilgan holatda past olovda pishiring. Boshqa tomonini aylantiring va yana 1-2 daqiqa pishirib oling.
  7. Qolgan xamirni ham shu shaklda pishiring, vaqti-vaqti bilan tovani yog‘lang.
  8. Xamir bo‘laklari bir xil bo‘lishi uchun notekis qirralarni kesib oling. Kesib olingan bo‘laklarni maydalang.
  9. Smetanani shakar kukuni bilan aralashtiring. Xamirlarni bir-birining ustiga qo‘ying va ustiga kremni surting.
  10. Tortning yuqori va yon tomonlariga krem surting. Kremning ustiga xamirning maydalangan bo‘laklarini seping. Uni shokolad yoki o‘zingizga yoqqan mevalar bilan bezatishingiz mumkin. Asalli tortni 4-6 soat davomida muzlatgichga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz