Qiyma va qovurilgan qo‘ziqorindan tayyorlanadigan ushbu taomni tushlikda iste’mol qilishingiz yoki bayram dasturxonlariga qo‘yishingiz mumkin. Ruletga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar: 

  • qo‘ziqorin — 350 g
  • piyoz — 2 dona
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq va moylash uchun
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • qiyma — 600-650 g
  • tuxum — 2 dona
  • qiyma uchun ziravorlar — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Piyoz va qo‘ziqorinlarni o‘rtacha bo‘laklarga bo‘lib oling.
  2. O‘simlik yog‘ini idishda o‘rtacha olovda qizdirib oling. Piyozni 4-5 daqiqa davomida qovuring.
  3. Qo‘ziqorinlarni qo‘shing va uni ham taxminan 4-5 daqiqa davomida pishirib oling. Masalliqlarga tuz va murch qo‘shing.
  4. Qiymani tuxum, tuz, murch va ziravorlar bilan aralashtiring.
  5. Qiymani yaxshilab aralashtiring va uni bir necha daqiqa stolga qo‘ying.
  6. Plyonkani stolga yoyib, ustiga qiyma go‘shtni teng ravishda taqsimlang. Qalinligi bir santimetrdan oshmaydigan to‘rtburchak shaklidagi qiymalarni hosil qiling.
  7. Qo‘ziqorinli nachinkani qiymaning ustiga soling, bir tomondan biroz buklang.
  8. Sekin qiymani o‘rang, uni plyonka bilan ko‘taring, so‘ngra plyonkani olib tashlang.
  9. Rulonni moylangan qolipga soling. Vilka bilan bir nechta teshiklar oching. Ruletning  ustiga aralashtirilgan tuxumni surting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz