Dudlangan tovuq go‘shti, tuxum va bodring qo‘shib tayyorlanadigan salat mazali ta’mga ega. Unga somon shaklida to‘g‘ralgan chipslarni qo‘shsangiz ishtahani ochuvchi hidga ega bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • kartoshka — 4 dona
  • tuxum — 4-5 dona
  • bedana tuxumi — 3 dona
  • dudlangan tovuq go‘shti — 350 gr
  • tuzlangan bodring — 3-4 dona
  • piyoz — yarimta
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • mayonez — ta’bga ko‘ra
  • somon shaklidagi kartoshka chipslari — ta’bga ko‘ra
  • ukrop — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Kartoshkani 20-30 daqiqa, tovuq tuxumini 10 daqiqa, bedana tuxumini 5 daqiqa qaynating. Salqin joyga qo‘ying va tozalab oling.
  2. Tovuq go‘shti, tuxum, kartoshka va bodringni o‘rtacha, piyozni esa mayda qilib to‘g‘rab oling.
  3. Hamma mahsulotlarni idishga soling va tuz, murch, mayonez qo‘shib aralashtiring.
  4. Salatni tarelkaga solib dumaloq shaklga keltiring, o‘rtasida kichik chuqurcha qiling.
  5. Shakl uyaga o‘xshash bo‘lishi uchun uni chipslar bilan bezang. O‘rtasiga ukrop novdalarini, ustiga bedana tuxumlarini qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz