Qat-qat xamirdan tayyorlanadigan pirog mazali ta’mga ega. Ushbu shirinlik oson tayyorlanadi va ta’mi klassik bulochkalar, tvorog qo‘shib tayyorlanadigan boshqa piroglardan qolishmaydi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar: 

  • mayiz — ta’bga ko‘ra 
  • un — 2-4 qoshiq
  • qat-qat xamir — 300 g
  • sariyog‘ — 1 bo‘lak
  • tvorog — 500 g
  • tuxum — 2 dona
  • shakar — 100 g
  • vanilin — 8 g
  • tuz — 1 chimdim

Tayyorlanishi:

  1. Mayizlarni issiq suvga 5-10 daqiqaga solib qo‘ying. Keyin suyuqlikni to‘kib tashlang va mayizlarni qog‘oz sochiq bilan quriting.
  2. Stolga un sepib, xamirni yupqa dumaloq qatlam qilib yoyib chiqing.
  3. Pirog pishiriladigan idishni yog‘lang va biroz un seping.
  4. Ehtiyotkorlik bilan xamirni qolipga qo‘ying va tomonlariga e’tibor bering. Ortiqcha qirralarni kesib oling. Shirinlikning nachinkasini tayyorlayotgan vaqtda xamirni muzlatgichga qo‘ying.
  5. Tvorogga tuxum qo‘shib blender yordamida aralashtiring. Unga vanilin, shakar, tuz va mayizni soling.
  6. Xamirga tvorog massasini yoyib, tekislang.
  7. Xamirni 30 daqiqa davomida 200 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechga qo‘ying. Pirog pishgandan keyin uni to‘liq sovutib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz