Oddiy bezaklari va yozuvlari bo‘lgan bu ajoyib tortlar butun dunyoda ommalashdi. Kichkina shirinlikni ko‘tarish ham qiyin emas. Mini-tortni o‘zingiz bilan olib ketish, sovg‘a sifatida yuborish yoki o‘zingizni xursand qilishni istasangiz, yolg‘iz iste’mol qilishingiz mumkin. Ushbu retsept asosida bir vaqtning o‘zida ikkita tortni tayyorlasa bo‘ladi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Xamir uchun kerakli masalliqlar:
- tuxum — 2 dona
- shakar — 60 g
- tuz — bir chimdim
- vanilin — yarim qoshiq
- un — 60 g
Nachinkasi uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar
- sariyog‘ — 100 g
- shakar kukuni — 70 g
- qaymoqli pishloq — 300 g
- vanilin — yarim qoshiq
- oziq-ovqat bo‘yoqlari — 1-2 tomchi
- sut — 50 ml
- shakar — 1 qoshiq
- konfityur — 100 g
Tayyorlanishi:
- Pechni 170 daraja haroratda oldindan qizdiring. Ikkita diametri 12-15 sm bo‘lgan dumaloq qolipni pergament qog‘oz bilan qoplang.
- Tuxumga shakar va tuz qo‘shing. Mahsulotlarni mikser bilan yumshoq massa holatiga kelgunga qadar aralashtiring. Unga vanilin qo‘shib yana aralashtirib oling.
- Unni elakdan o‘tkazing va asta-sekin tuxumga qo‘shing, silliq bo‘lguncha hamma narsani spatula bilan aralashtiring. Xamirni qoliplarga quying.
- Biskvitni tayyor bo‘lgunga qadar 15-20 daqiqa davomida pishiring. Pishirilgan xamirni qolipdan olib tashlang va to‘liq sovitib oling. Har birini uzunligi bo‘ylab ikki qismga bo‘ling.
- Yumshatilgan sariyog‘ni shakar kukuni bilan mikser yordamida yengil massa holatiga kelguncha aralashtiring.
- Kremning bir qismini ajratib oling va uni oziq-ovqat bo‘yoqlari bilan aralashtiring. Uning qolgan qismini qandolat paketiga soling.
- Iliq sutni shakar bilan aralashtiring. Bitta tortni sut bilan namlang va yupqa krem qatlamini surting. Keyin tortning korj chetiga ham bir oz krem surtib tekislang.
- Issiq sutni shakar bilan aralashtiring. Bitta tort korjini sut bilan namlang va yupqa krem qatlamini surting. Keyin tortning korj chetiga bir oz krem siqib, kichik chuqurcha hosil qiling.
- Olingan chuqurchaga konfityurni soling, uni oz miqdorda krem bilan yoping. Ikkinchi biskvit bo‘lagini ustiga qo‘ying, uni ham sut bilan namlang.
- Biskvitning yuqori va yon tomonlariga krem surting, uning yuzasini tekislang. Xuddi shu tarzda ikkinchi tortni tayyorlang.
- Bento tortlarni muzlatkichga 1-2 soatga qo‘ying. Keyin ularni rangli krem va qandolat mahsulotlari bilan bezating.
Yoqimli ishtaha!